description

Samarqand: g‘o‘za parvarishi avj pallada

        Joriy yilda Samarqand viloyatida 73 246 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Viloyat bobodehqonlari paxtadan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishga alohida e’tibor qaratishmoqda. G‘o‘za maydonlarining qator oralariga ishlov berish uchun 1 544 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungi kunda viloyat hududlarida 5-6 marta kultivatsiya ishlari hamda g‘o‘za maydonlarida mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish ishlari to‘liq yakunlanib, 2-sug‘orish ishlari 84%, chilpish ishlari 82% maydonlarda o‘tkazilgan.

        Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya"ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan, g‘o‘za parvarishi yuzasidan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida 1 707 ta fermer xo‘jaligining 6 166 gektar g‘o‘za maydonida xato-kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, 69 ta fermer xo‘jaligida 229 gektar ko‘chat soni kam, siyrak unib chiqqan, 246 ta fermer xo‘jaligining 1150 gektar maydonida kultivatsiya sifatsiz va kech o‘tkazilgan, 165 ta fermer xo‘jaligining 286 gektar maydonda mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirish, 173 ta fermer xo‘jaligining 419 gektar maydonida chuqur yumshatish sayoz va sifatsiz o‘tkazilgan, 192 ta fermer xo‘jaligining 673 gektar maydonida chopiq ishlari muddatida o‘tkazilmagan yoki sifatsiz o‘tkazilgan, 506 ta fermer xo‘jaligining 2623 gektar maydonida begona o‘tdan tozalanmagan, 177 ta fermer xo‘jaligining 459 gektar maydonida zararkunanda va hasharotlarga qarshi sifatsiz ishlov berilgan, 179 ta fermer xo‘jaligining 327 gektar maydonida chilpish ishlari sifatsiz o‘tkazilgan va 168 ta fermer xo‘jaligining 168 ta kultivatorlarida ishchi organlari to‘liq jihozlanmaganligi aniqlandi.

        Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida fermer xo‘jaliklariga 1358 ta ogohlantirish, 66 ta yozma ko‘rsatma va soha mas’ullariga 28 ta taqdimnomalar berilgan.

Menyu