Sirdaryoda paxtachilikda intensiv agrotexnologiyalar joriy etilmoqd
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida joylashgan "Indorama Agro" qo‘shma korxonasiga qarashli Musamuxamedov va Bobur hududlaridagi paxta maydonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari tomonidan o‘rganildi. Mazkur maydonlarda Avstraliya va Xitoy texnologiyalariga asoslangan ilg‘or agrotexnik usullar asosida paxta yetishtirilmoqda. Jumladan, Bobur hududida "Xin Lu Zhao-52" navli paxta 76 sm masofada yakka qator usulda, plyonka ostiga ekilib, gektariga 140 ming dona ko‘chat parvarishlanmoqda. Ushbu maydonlar Paxtachilik kengashi tomonidan doimiy nazorat ostida bo‘lib, yetishtirish jarayoniga oid tavsiyalar berildi.
Bunday zamonaviy yondashuvlar paxtachilikda hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.