Surxondaryo viloyatida 3 333 gektar maydonida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan g‘o‘za navlari parvarishlanmoqda
Davlatimiz rahbarining "Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi farmonining ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda agroxizmatlar markazlari faoliyati tashkil etilgan bo'lib, ular zimmasiga 2024-2026 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklaridagi paxta hosildorligi gektariga 30 sentnerdan oshmaydigan hududlarda xorijdan import qilinadigan yoki yuqori hosildor yangi g‘o‘za navlarining sinovlari o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Shunga asosan, Surxondaryo viloyatida ham 3 333 gektar maydonida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan g‘o‘za navlari parvarishlanmoqda.
Voha mirishkorlari xitoylik taniqli qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tadqiqotchilar bilan uchrashishdi. Bu haqda "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida lavha efirga uzatildi.