description

    Surxondaryo viloyatida xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda dala seminari tashkil etildi

   Paxtachilikda zamonaviy samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash va urug‘chilik tizimiga erkin bozor mexanizmlarini joriy etish orqali hosildorlikni keskin oshirish, paxta xomashyosini yetishtirishda ilmiy-innovasion yondashuvlarni qo‘llashni kengaytirish asosiy maqsaddir.  Kuni kecha Surxondaryo viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan dala seminari tashkil etildi. Unda xitoylik mutaxassislar Sariosiyo tumanida “XinLuzhong-78” navi ekilgan g‘o‘za maydonlarida bo‘lib, dala seminarini o‘tkazdilar. Ushbu seminarga fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va soha vakillari ishtirok etishdi va o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

        Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-391-sonli qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatiga ham 2024-yil paxta hosili uchun Xitoy xalq Respublikasidan “XinLuzhong-52”  va “XinLuzhong-78” g‘o‘za navlaridan jami 100 tonna urug‘liklar olib kelinib, 3333 gektarga ekilgan.


Menyu