description

“TIANYE AGRO” kompaniyasi tomonidan fermerlarga tarqatilgan “Xinluzao 78” gibrid chigiti o‘z hosili berdi

    Farg'ona viloyati Yozyovon tumani “Mezon” fermer xo'jaligida kompaniya mutaxassislarining yil davomida kuzatuv va maslahatlari bilan paxta yetishtirildi. Dala maydoniga 76 sxemada qo'shqator usulida plyonka ostiga “Xinluzao 78” chigiti ekilib, tomchilatib sug’orish tizimi yo’lga qo’yilgandi.

    Fermer xo’jaligi rahbari bu yilgi natijadan mamnun ekani va keyingi yildan maydonlarni to’liq tomchilatib sug'orish tizimiga o’tkazish hamda plyonka ostida “TIANYE AGRO” kompaniyasi chigitlarini ekishni reja qilayotganini bildirdi. “Respublikamizning boshqa fermerlariga ham aynan shu usulda paxta yetishtirishni tavsiya qilaman. Bu tejamkorlik bilan bir qatorda, yuqori hosildorlik garovi ham”,-deydi fermer.

    Eslatib o'tamiz, kelgusi yildan respublikamizda 400 ming gektar maydonga xorijiy chigit navlarini ekish reja qilingan bo’lib, 2600 dona plyonka ostida chigit ekish moslamasini import qilish ham rejalashtirilmoqda.

Menyu