Toʻraqoʻrgʻon tumanida tomchilatib sugʻorish usulida takroriy ekin sifatida sholi ekib parvarishlanmoqda
Namangan viloyatda 2024-yil paxta hosili uchun 61 025 gektar maydonni har gektaridan oʻrtacha 40 sentnerdan paxta xom-ashyosi yetishtirish belgilangan. Rejadagi paxta hosilini yetishtirish uchun puxta zamin yaratish maqsadida bir qator tashkiliy va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumaladan, Namangan viloyatida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan gʻoʻzaning “XinLuZao-78” xorijiy navi ekilgan maydonlar tuman viloyat Agroxizmatlar markazi va tuman mutaxassislari tomonidan kunlik monitoring qilib kelinmoqda qilinmoqda.
Bugungu manzil Toʻraqoʻrgʻon tumani, Obod namuna diyori MMTP hududidagi “Namuna saxovati Diyora” fermer xoʻjaligi bo‘ldi. Bu yerda ekilgan “XinLuZao-78” xorijiy navi va tindirib ekilgan gʻoʻza maydonlari koʻzdan kechirildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, viloyatda 2024-yil hosili uchun 64 923 gektar gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda, 68 ming gektar parvarishlangan gʻalla maydonidan, 46 830 gektar (68,9%) gʻalla maydonlari oʻrilib, somondan tozalangan hamda 46 293 gektar (62,9%) gʻalladan boʻshagan maydonlarda takroriy ekinlar ekilgan. Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi va tuman mutaxassislari tomonidan joylarda gʻalladan boʻshagan maydonlarga serdaromad ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha ham kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda hamda tavsiyalar berilmoqda.
Misol uchun, Toʻraqoʻrgʻon tumani, Tezkor Navroʻz MMTP hududidagi “T.Komilov” fermer xoʻjaligida Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi direktori O.Karimxodjayev hamda Toʻraqoʻrgʻon tuman mutaxassisi O.Dadaboyevlar tomonidan 70 gektar yerga Xitoy texnalogiyasi asosida tomchilatib sugʻorish usulida takroriy ekin sifatida sholi ekilgan. Mutaxassislar hudud bilan tanishib, kelgusida yuqori daromad olish va belgilangan muddatlarda agrotexnik tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berishdi. Ma’lumot uchun, kelgusida ushbu tajribani viloyatning boshqa tumanlarida ham qoʻllash reja qilingan.