description

                                        Toshkent viloyati Chinoz tumanida 2025-yil hosili uchun chigit ekish tadbirlarini o‘z vaqtida                                      sifatli o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi 

    Chinoz tumanida joriy yilning hosili uchun chigit ekish tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Toshkent viloyati hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Qoraboyev, tuman hokimi Sh.Salixov va qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat olib borayotgan mas’ullar, klaster korxonalarining rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etishdi. Seminar davomida 2025-yil hosili uchun jami 7002 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilganligi, joriy yilda 3 ming 400 gektarga Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekilishi, shundan 2 ming gektari xorijiy navlar, 1400 gektar mahalliy chigit urug‘i innovatsion texnologiyalar asosida (76x10 sxemada)  ekilishi,  qolgan  3 ming  602  gektari  mahalliy  usulda  76  sxemada  ekilishi  hisob-kitob qilinib,  yig’iliganlarga bu texnologiya bo’yicha tushunchalar berildi. 

Menyu