description

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi paxta dalasi kengash a'zolari tomonidan ko‘zdan kechirildi

    Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi a'zolari va Toshkent viloyati ishchi guruhi a'zolari Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Islom Mirzayev" fermer xo'jaligiga tashrif buyurdi. Bu yerda 32 gektar maydonda "Sulton" navli paxta ekilgan bo'lib, chigit ekishdan oldin "BIOVAK Y24" organik  biostimulyatori  bilan  qayta  ishlov berilgan. Shuningdek, ikki marta "BIOVAK" suspenziyasi bilan ishlov berilgan.

    Dalada  olib  borilgan  ishlar  samarali  natija  berdi: hosildorlik  sezilarli  darajada  oshdi, tuproq unumdorligi  yaxshilandi  va  ekologik toza mahsulot olinmoqda.

    Toshkent viloyati Paxtachilik Kengashi ishchi guruhi rahbari Q.Yusupovning ta'kidlashicha "BIOVAK Y24"ning organik ta'siri dalada aniq ko'rinib turibdi. Bu texnologiyani boshqa fermer xo'jaliklariga ham joriy etish tavsiya etiladi.

Menyu