description

  

   

 

Bugun Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi direktori X.Xojimatov va viloyat Agroxizmatlar markazi direktori O.Karimxodjayevlar To‘raqo‘rg‘on tumandagi xorijiy g‘o‘za navlari ekilgan maydonlarda mahalliy navlar ekilib, “xo‘rak zona”si (“boshpana zonasi”) tashkil etish hamda urug‘lik olish maqsadida ekilgan konturlarda “Ximoya belbog‘i” zonasi (“ximoya zonasi”) tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan o‘rgandilar.

 

O‘rganish o‘tkazilgan 25 ta fermer xo‘jaligidan 16 ta fermer xo‘jaligining 64 ta konturidagi 600 gektar maydonlarida “xo‘rak zona”si (“boshpana”) tashkil etilgan bo‘lsada, 9 ta fermer xo‘jaligining     15 ta konturidagi 168 gektar maydonlarida umuman “xo‘rak zona”si tashkil etilmaganligi aniqlandi.

 

O‘rganish yakuni bilan kamchilikka yo‘l qo‘ygan fermer xo‘jaligi rahbarlariga kerakli tavsiya va tushunchalar berildi.

Menyu