description

Urugʻlik paxtani terish tartibi

    Urugʻlik paxtani yetishtiruvchi urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida maxsus komissiya tomonidan aprobatsiya oʻtkazilganidan soʻng, urugʻlik paxtani terib olish tartibiga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Urugʻlik paxta gʻoʻza tupining 3-7 hosil shoxidagi birinchi koʻsaklar paxtasidan terib olinadi. Bunda urugʻchilik xoʻjaligining yoʻnalishiga qarab, urugʻlik avlodlar (reproduksiya) boʻyicha alohida terilishi shart. 

    Urugʻlik paxtani terib olishda dalada kamida 65-70% koʻsaklar ochilgan boʻlishi hamda terimda ishtirok etadigan terimchilar urugʻlik paxtani terib olish tartibi bilan tanishtirilishi lozim. Mutaxassislar tomonidan urugʻlik uchun yaroqli deb topilgan gʻoʻza maydonlari begona oʻtlardan va boshqa nav aralashmalaridan tozalangan boʻlishi lozim. Dalada 65-70% koʻsaklar ochilganda urugʻlik paxtani terishga ruxsat etiladi. 

    Urugʻchilik xoʻjaligi agronomi, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi mutaxassislari va "Oʻzagroinspeksiya" qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK inspektorlari nazorati ostida urugʻlik paxta terilishi tashkil etilishi shart.  Urugʻlik paxtani terib olishda pastdagi va 8-hosil shoxidan yuqori shoxlardagi va gʻoʻzaning asosiy tupidan uzoq joylashgan, kasallangan, majburan ochilgan, zararkunanda hashoratlar bilan zararlangan koʻsaklar paxtasini terish taʼqiqlanadi. Urugʻlik paxtani teruvchi har 10 ta terimchi ustidan bitta nazoratchi qoʻyilishi lozim. Urugʻlik paxtani terib olishda yuqoridagi paxta terimi qoidalarigi toʻliq roiya qilish talab etiladi.

Menyu