description

     Xitoylik mutaxassislar Toshkent viloyatida monitoring o‘tkazishdi


    Toshkent viloyati Paxtachilik kengashi ishchi guruhi rahbari Q.Yusupov boshchiligida “Agro-Bereke” MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar bilan Bo‘ka tumanidagi “Nazokatxon Baraka” fermer xo‘jaligi paxta maydonida dala seminari tashkil etildi. Bu yerda 7 gektar maydonga Xitoy go‘za navi ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlar vaqtida bajarilgan. Seminar savol-javoblarga boy o‘tdi. Fermerlar duch kelayotgan qiyinchiliklar va tushunmovchiliklar yuzasidan mutaxassislar o‘z fikr va tavsiyalarini berishdi.

    Shu kuni Piskent tumani “Ozod Dil” MCHJga ham tashrif buyurildi. Bu yerda 21 gektar maydonga KH 52 navli Xitoy g‘o‘za navi jami 700 kg paxta ekilgan bo‘lib, shundan 200 kg fosforli, 500 kg azotli o‘g‘it bilan oziqlantirilib, sug‘orilgan va kultivatsiya qilingan.  Xitoylik mutaxassislar tomonidan chilpilash ishlari bajarilib, yana oziqlantirib sug‘orish, 120 gramm Sojean preparati bilan ishlov berish va  tez tez sug‘orish tavsiyalari berildi.
    Xitoylik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan monitoring ishlari respublika hududlari bo‘ylab davom etadi.

Menyu