description

    Bu yil ilk bor umumiy g‘o‘za maydonining 10 foizida xorijiy g‘o‘za navlari ekilib, parvarishlandi. Buning uchun chetdan 18 ta g‘o‘za navi olib kelindi. Ular ichidan 3 ta, hususan “Xin Lu Zhong - 52", “Xin Lu Zao - 78” va "Chjuntay - 2” navlari vegetatsiya davomida bizning tuproq-iqlim sharoitimizga mos kelishini namoyon qildi. Ushbu ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba dalalarida ham Xitoy seleksiyasiga mansub "Xin Lu Zao - 78” va "Chjuntay - 2” navi mahalliy g‘o‘za navlari bilan chatishtirilib, xorijiy navlardagi ko‘sak qurti va gerbidsidga chidamli genlar o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida o‘zimizning mahalliy navlarning imkoniyati oshadi.         

Yuqoridagi videoda navlarni chatishtirish tafsilotlari haqida so‘z boradi.

 

Menyu