Paxta sanoati butun dunyo bo'ylab 250 milliondan ortiq odamni daromad bilan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi barcha ishchi kuchining deyarli 7 foizini ish bilan ta'minlaydi. Bu sanoatning rivoji yo’lida esa minglab olim va izlanuvchilar mehnat qilishadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi matbuot xizmati tomonidan sohadagi olim va izlanuvchilarning hayot va ilm yo'lini yoritish maqsadida "Yillar va yo'llar" loyihasiga start berildi!
Bizning ilk qahramonimiz Qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi, professor Hasanova Feruza Marifovna.