Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308 sonli qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.
Ushbu qarorga asosan paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish maqsadida qabul qilindi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-308 sonli qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi va unga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibroxim Yulchiyevich Abduraxmonov rahbarlik qilishi belglandi.
Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi:
2022−2023 yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatni yaxshilash uchun subsidiya ajratish tajribasi sinovdan o‘tkaziladigan 13 ta tumanlar ro‘yxati tasdiqlani qayd etilmoqda
Paxta hosildorligini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi joriy qilindi:
a) tuman ishchi guruhlari paxta ekilgan maydonlarda joyiga chiqqan holda tahlillar asosida urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, biostimulyatorlarni qo‘llash, o‘g‘itlash, g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish hamda samarali sug‘orish bo‘yicha hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos takliflarni Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhiga taqdim qiladi;
b) Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhi taqdim etilgan takliflarni tahlil qilib umumlashtirgan holda Paxtachilik kengashiga kiritadi;
v) Paxtachilik kengashi:
Paxtachilik kengashining unga yuklatilgan vazifalarga asosan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari majburiy hisoblanadi.
Paxtachilik kengashi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:
Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolariga ish haqi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan tuziladigan mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash muayyan ishni bajarish uchun tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan mutaxassislar bilan kelishilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligiga joriy yil yakuniga qadar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi (I.Haydarov) Uyushmaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m ajratadi.
Bunda mazkur mablag‘lar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi to‘lash, shuningdek, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining «Paxtasanoat ilmiy markazi» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berildi: