O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy
Kengashining
X sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda
so‘l
tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan
iborat.
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan:
sakkiz
qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini
yozib
turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi
orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida Respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga
«O‘zbekiston»
deb yozib qo‘yilgan.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG'I
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun
1991-yil
18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida
qabul
qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan
tarixan
bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu —
yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur
davlati
bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan
uyg‘unlashib ketadi. Oq rang — poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki
go‘zallikka
intilishning timsoli.
Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik
timsoli
hisoblanadi.
Qizil chiziqlar — vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan
mustaqilligimiz ramzi ham.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri tarixiy an’analarimiz, qadimgi
yilnomamizga
bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi
davlatlar
ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka,
o‘z
tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-
dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan
tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr
bir
fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!