description

Fargʻona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Bagʻdod tumanida bo'ldi  

  Fargʻona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori R.Qurbonov tomonidan tegishli masʼullar bilan  birgalikda Bagʻdod tumani Qoʻshtegirmon MMTP hududidagi  “Bogʻdod yuksak maʼnaviyati” fermer xoʻjaligining paxta maydoni koʻzdan kechirilib, maydonlarda agrotexnik tadbirlarni  oʻz vaqtida oʻtkazish, Sojean preparati bilan ishlov berish ishlarini tashkil qilish boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. 

    Shuningdek, mazkur fermer xoʻjaligining gʻalladan boʻshagan maydoniga takroriy ekinlar ekishga yer tayyorlash, dala madaniyatiga rioya qilish hamda ichki sugʻorish ariqlarini betonlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
 

Menu