description

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-20 yanvar kunlari Hindiston Respublikasi Gujarat viloyatiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga asosan O‘zbekistonda urug‘chilik sohasini rivojlantirish maqsadida Samarqand  viloyati Paxtachi tumanida “Nath Bio-Genes CA” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.

    Qo‘shma korxonaning asosiy maqsadi respublikada yuqori texnologiyalar asosida super elita urug‘ ishlab chiqarishni tashkil etish, jumladan, kasallik va zararkunandalarga (ko‘sak qurti) chidamli, hosildor g‘o‘za navlari (Bt Cotton)ni ko‘paytirish va joriy etish, shuningdek sholi, makkajo‘xori, sorgo va boshqa ozuqa yem va sabzavot ekinlarining duragay navlarini ekish va ko‘paytirishdan iborat.

    Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi “Ahmad Juma o‘g‘li” fermer xo‘jaligining 10 gektar yer maydoniga geni o‘zgartirilgan hind paxtasining “NECH-6” gibrid navi “Fusion gen Technology” ekildi. Ushbu nav 2024 yil 18 aprelda ekilgan bo‘lib, bugungi kunda hosilning holati juda yaxshi. Asosiysi, g‘o‘za maydonlarida ko‘sak qurti uchun hech qanday kimyoviy vositalar ishlatilmagan, shuningdek, foydali hasharotlar bilan ham zararkunandalarga qarshi kurashilmagan. Bu Hindistondan keltirilgan paxta navi
ko‘sak qurti, issiqlik va suvsizlika chidamli ekanligidan dalolatdir.

    Yuqoridagi videoda genni aniqlash test jarayoni bilan tanishishingiz mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni ushbu fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonida dala seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Menu