description

Navoiy viloyatida monitoring ishlari amalga oshirilmoqda


    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abdurahmonov tomonidan berilgan topshiriqqa ko’ra, paxta ekilgan maydonlarda gʻoʻza vegetatsiya davrining hozirgi fazasida zarur agrotexnik tadbirlarni maqbul va ilmiy asoslangan holda amalga oshirilayotganligini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish, bunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan tegishli tashkiliy choralar koʻrish,  har bir gʻoʻza maydonida kultivator ishchi organlari standart talablar asosida, sirti silliq (baliq sirti) oʻralgan, gʻildiraklar oldi suyri (obtekatel) qilib himoyalangan, gʻoʻza shoxlari va hosil elementlariga zarar yetkazmaydigan holda kultivatsiya oʻtkazilayotganligini oʻrganish boʻyicha monitoring ishlari olib borildi.

    Navoiy viloyati Paxtachilik kengashi ishchi guruhi rahbari, Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri Saidgʻani Nabiyev hamda ishchi guruhi aʼzolari Navbahor tumanidagi “Arabxona” fermer xoʻjaligining 8 va 13 gektar, “Safo Sevdi” fermer xoʻjaligining 13,0 gektar, “Ulfatlar bogʻi” fermer xoʻjaligining  4 va 12 gektar, “Dehqon ota” fermer xoʻjaligining  14 gektar hamda “Mujassam” fermer xoʻjaligining  30 gektarlik paxta ekilgan maydonlarida bajarilayotgan agrotexnik tadbirlar va gʻoʻzaning bugungi kundagi holatini monitoring qilishdi.

    Mutaxassislar tomonidan ushbu fermer xoʻjaliklari dalasida gʻoʻzani sharbat usulida sugʻorish, chilpish, zararkunandalarga qarshi kurash, suvdan keyin yetilgan gʻoʻza maydonlarini sifatli kultivatsiya qilish va begona oʻtlardan tozalash kabi agrotexnik tadbirlarni bajarishda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar aniqlandi va bu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fermer xoʻjaliklari rahbarlariga kerakli tavsiyalar berildi.

 

Menu