description

 

 

O‘zbekiston zaminiga eng sara va hosildor navlarni ekish orqali paxta hosildorligini oshirish mumkin

 

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif dasturining ilk hududi bo‘yicha Sirdaryo tumani hududida joylashgan O‘zbekiston Xitoy qo‘shma korxonasi “Peng Sheng” MCHJning paxta-dala maydoni bilan tanishildi. Bu yerda 67 gektarli yer maydonida tomchilatib sug‘orish orqali 34 gektarida qo‘sh qator hamda qolgan qismida oddiy 76 sm yakka qator usulida xorijiy paxta navi ekilgan. Shuningdek, 3000 gektar yerda xitoy texnologiyasi asosida mahalliy nav yetishtirilmoqda. O‘tgan yilda 60 sentnergacha hosil olingan bo‘lsa, joriy yilda 80 sentnergacha hosil olish rejalashtirilgan. Biroq, bu yerdagi olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada emas. Sababi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagan, chigit ekish texnologiyalariga ham amal qilinmagan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish ham qoniqarli darajada emas. Vazirning e’tiroziga sabab bo‘lgan jihat ham ayni shu bo‘ldi. Vazir bu jihatlarga e’tibor qaratar ekan, bu yerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Keyingi manzil bo‘yicha Sayxunobod tumani “Polytex Sirdaryo” paxta to‘qimachilik klasteri dala maydoni bilan tanishildi. Qariyb 36 gektarni egallagan hududda mahalliy "Ravnaq-1" navi yetishtirilmoqda. G‘o‘zalarning vegetativ holatini ko‘zdan kechirgan vazir dala maydoniga sifatli ishlov berilganini e’tirof etar ekan, navbatdagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozimligi, shuningdek, kelgusida dala maydonlarida ekish uslubini ham o‘zgartirish kerakligi, xususan, 76 sxemada tomchilatib sug‘orish asosida plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekish hosildorlikni karrasiga oshirishini ta’kidlab o‘tdi.

Bu yerda omilkorlik va ilmiy yondashuv asosida ishning tashkil etilmagani yaqqol sezilib turibdi. Bu borada qator takliflar oz aksini topar ekan, mevali daraxtlar va mahsulotlar aniqlik asosida ekilmagani, agrotexnik tadbirlarning oz vaqtida amalga oshirilmagani kozga tashlanadi. Vazir bu yerda ish togri yolga qoyilmagani, hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilgor va zamonaviy qishloq xojaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini togri va oz muddatida otkazish borasida oz takliflarini berib otdi. Maqsad paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajribasi hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish va bu orqali dehqon-fermerlar manfaatini oshirishdan iborat.

Menu