description

Qishloq xo‘jaligi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari Surxondaryo viloyatida bo‘lishdi

Hududlarda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi obyektlarida olib borilayotgan ishlar, ekin maydonlarida koʻrsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Respublika viloyatlari bo‘ylab tashriflari amalga oshirilmoqda. Navbatdagi hudud Surxondaryo viloyati bo‘ldi. Vazir Ibrohim Abdurahmonovning Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifiga vazirlik huzuridagi Milliy markaz direktori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi kotibi Shuhrat Otajonov hamrohlik qildi.

Tashrifning birinchi manzili Qumqo‘rg‘on tumanining Beshqahramon hududida joylashgan “Ilhombek Rahmon” elita urug‘chilik xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerda Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan olib kelingan Grom elita navli urug‘lik g‘alla ekilgan maydon bilan tanishildi. Vazir g‘allani ko‘zdan kechirib, ushbu navdan urug‘lik olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi. Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligining 27 gektar maydoniga ingichka tolali SP-1607 navi ekilgan paxta maydoni ko‘zdan kechirildi. Maydonda zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilgan. Mas’ullarning bergan axborotiga ko‘ra, o‘tgan yili maydondan gektariga 40 sentnerdan hosil olingan. Vazir Ibrohim Abdurahmonov g‘o‘zaning holatini ko‘zdan kechirib, yurtimizning janubiy hududlari ingichka tolali paxtani yetishtirish uchun juda qulay ekanligini ta'kidladi hamda ushbu nav xususiyatlariga to‘xtalib, yetishtirilayotgan bu navdan ham urug‘lik olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Vazir tomonidan SP-1607 va boshqa ingichka tolali paxta xomashyosini sanoat usulida qayta ishlash uchun ingichka tolali paxtaga mo‘njallangan jin uskunasini takomillashtirilgan variantini olimlar tomonidan ishlab chiqish, ushbu navni xorijiy davlatlarda xalqaro miqyosda patentlash ishlarini tashkil etish hamda UPOS xalqaro tashkiloti reyestriga kiritish yuzasidan topshiriqlar berildi.

         Vazir tashrif dasturiga koʻra Jarqoʻrgʻon tumanidagi "Jarqoʻrgʻon tajriba" fermer xoʻjaligining urugʻlik paxta yetishtirilayotgan dala maydonida boʻlib, bu yerga ekilgan "Buxoro-10" elita navining vegetativ holati bilan tanishdi. Paxtachilik kengashi aʼzolari, vazirlik huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda viloyat va tuman masʼullari hamrohligida vazir Ibrohim Abdurahmonov ushbu dala maydonini koʻzdan kechirar ekan urugʻlik tayyorlash dala maydonlarida ekish uslubini ham oʻzgartirish kerakligini, xususan, 76 sxemada qoʻshqator qilib ekish hosildorlikni oshirishini taʼkidlab oʻtdi. Olimlar va soha mutaxassislari bilan muloqot davomida suv muammosi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan janubiy hududlarda plyonka ostiga ekish, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishning ahamiyatlariga ham eʼtibor qaratildi. Shu yerning oʻzida Ibrohim Abdurahmonov Respublika Paxtachilik kengashining viloyat boshqarmasi va tuman boʻlimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazib, janubiy hududning iqlimi bilan bogʻliq holatlarda gʻoʻza navlariga qanday ishlov berish xususida fikr almashish bilan birga, oʻrtaga tashlangan takliflarni qoʻllab-quvvatlagan holda gullash fazasida kirgan gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun masʼullarga koʻrsatmalar berdi. Shuningdek, vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturidagi keyingi manzil - shu tumandagi "Bekali Atxambek" fermer xoʻjaligi dala maydonida ekilgan urugʻlik gʻoʻza maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan gʻoʻza hosildorligini oshirishda aynan mana shu davr muhim ahamiyatga ega ekani va bu paytda beriladigan ishlovning oʻrni haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

 

Menu