description

Samarqand viloyatida ekilgan xorijiy paxta navlari boʻyicha ma’lumot

 

Ishtixon tumanidagi “Ishtixon oltin yerlari” fermer xoʻjaligida 815 gektar maydonga xorijiy urugʻlik chigit ekib parvarish qilinmoqda. Shundan 102 gektar maydonga qoʻshqator usulda plyonka ostiga chigit ekilgan.

2024-yil 5-iyun kuni shu hududga kuchli yomgʻir aralash doʻl yogʻganligi sababli gʻoʻzaning barg qismiga zarar yetkazganligi aniqlandi. Shuningdek, 21gektar maydonda begona oʻt bosgan hamda qisman shira-trips zararkunandasi zararlaganligi kuzatildi.

Ushbu holatlardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalar berildi:

- zarar yetgan gʻoʻza maydonlariga biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish (suspenziya) ishlarini amalga oshirish;

- begona oʻt bosgan maydonlarni zudlik bilan tozalash, chopiq qilishni tashkil etish;

- begona oʻtdan tozalagandan soʻng, zudlik bilan chizel chuqurlagich bilan ishlov berish;

- plyonka ostiga ekilgan nihollar namlik kuchli boʻlganligi sababli hosil shoxlari paydo qilish uchun “Entojean” preparati bilan ishlov berish;

- shira-tripsga qarshi ishlov oʻtkazish va ikkinchi ishlov uchun har bir gektar maydonga 1000 dona Oltinkoʻz hamda 1-1,5 gramm Trixogramma foydali hashoratlarini chiqarish.

Menu