description

Bekobod tumanidagi xorijiy paxta navining o‘sishi ko'zdan kechirildi

 

Har oy an'anaga aylanib borayotgan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi Toshkent viloyati ishchi guruhi a'zolarining Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi hayot” fermer xo‘jaligiga tashrifi amalga oshirildi. Guruh paxtaning ikki oylik holati bilan tanishdi. Maydonga chigit joriy yilning 5-aprel kuni ekilgan.  Dala maydoniga Xitoy Xalq Republikasidan olib kelingan Chjuntay А2 paxta navi 1190 gektarga qo‘shqator qilib plyonka ostiga ekilgan.

Mutaxassislar tomonidan g'o'zaning ayni kunlardagi rivojlanish fazasi ijobiy baholandi. Zarur agrotexnik tadbirlar o'z vaqtida amalga oshirilmoqda va maydon begona o'tlardan holi. Shuningdek, biz fermer xo'jaligi agronomi janob Hi Channi suhbatga chorladik. Unda agronom so'ngi 1 oy oralig'ida amalga oshirilgan ishlar haqida so'zlab berdi. Intervyuni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu maydondagi paxtaning 3 oylik holatini kelgusi oyning birinchi o'n kunligida bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz va ushbu saytda chop qilinadigan manbaalar orqali ko'rishingiz mumkin.



Menu