description

Ilm-fanga asoslangan rivojlanish - biz ko'zlagan natija

    Ayni kunlarda go'zaning  o'sib rivojlanish fazasida agrotexnik tadbirlarni kechiktirmay o'z vaqtida va to'g'ri bajarish g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori O. Amonov hamda institut ilm-fan va ilmiy faoliyat bo`yicha maslahatchisi, biologiya fanlari nomzodi  Sh. Xo`janazarov viloyatdagi dehqon-fermer dalalarida bo`lib,  ular bilan muloqot qildi. Sh. Xo`janazarov ayni kunlarda g`o`za parvarishi, uning  vegetatsiya davrida bajarilishi lozim bo`lgan muhim agrotexnik tadbirlar borasida zarur ko`rsatma va tavsiyalarni berib o`tdi. Shuningdek, fermerlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

    Olimlar bilan bo'ladigan ayni muloqotlarning ahamiyati juda katta, boisi Milliy markaz direktori Sh.Otajonov ta'kidlaganidek, sohani aynan ilm-fanga asoslanib rivojlantirish va yuqori natijadorlikka erishish mumkin. Qolaversa, dehqon va fermerlar olimlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi ko'zlangan natijalarga to'liq erishilishini ta'minlaydi.
 

Menu