description

Paxtachilikda O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik doirasi kengaymoqda

    Xabaringiz bor, Respublikamiz hududiga xorijdan birinchi marataba chigit olib kelib ekildi. Jumaladan, “TIANYE AGRO” kompaniyasi tomonidan 780 tonna “Xinluzao 78” gibrid chigiti turli viloyatlarga ekilib, yuqori hosil olishga erishilmoqda. 

    Ayni damda Qishloq Xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Shukurov va “TIANYE AGRO” kompaniyasi direktori B.Mahmudovdan  Xitoyning Shinjon viloyatiga tashrif buyurib, Xitoy chigiti ekilgan dalalarda bo‘lib turishibdi. Bu yerda tuproq sharoiti og‘irligi yuqori sho‘rlanish va suvsizlikka qaramasdan paxtadan gektariga 80-100 sentnergacha hosil olinyapti. Xitoylik hamkorlar O‘zbekiston yerlari paxtaga juda mosligi va yuqori hosilga erishish munkinligini alohida ta'kidlab o‘tishdi. Tashrif davomida paxta va chigitni qayta ishlash hamda urug‘chilik dalalari ko‘zdan kechirilmoqda. Bundan tashqari, Xitoyning “Jinfengyuan” kompaniyasining sholi, g‘alla, makka urug‘chiligi zavodlari va tajriba sinov yerlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    “TIANYE AGRO” kompaniyasi O‘zbekistonda keyingi yildan boshlab Xitoy  paxta urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va uni mahalliy sharoitda qayta ishlash bo‘yicha ishlarni reja qilmoqda.

 

Menu