«AGRO ILM» — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari muassisi bo‘lgan agrar-iqtisodiy, ilmiy-amaliy jurnal. «O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi» jurnalining ilmiy ilovasi hisoblanadi. 2007-yil avgustdan chiqa boshlagan, yiliga 6 marta chop etiladi. Qishloq xo‘jaligi, biologiya, veterinariya, texnika va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy maqolalar e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan. ISSN 2091–5616.
