description

        

Xorazm viloyatidagiZamin oq oltinfermer xo‘jaligi dalalarida Shinjon usulida ekilgan g‘o‘za qator oralig‘iga interkrop usulida ekilgan zira ekini bugungi kunda o‘sish va rivojlanishning barqaror bosqichida kuzatilmoqda. Tajriba maydonida zira o‘simligi iqlim va tuproq sharoitlariga moslashib, yaxshi unib chiqqan, gullagan hamda vegetatsiya jarayonini me’yoriy davom ettirmoqda. Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan kuzatuvlarga ko‘ra, ushbu agrotexnik yondashuv g‘o‘za bilan birgalikda yer resurslaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha hosildorlikni oshirish hamda fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Menyu