description

Paxta hosilini yigʻib-terib olish muhim agrotexnik tadbir sanaladi

    Yetishtirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan oʻz vaqtida yigʻib-terib olish oʻta muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Koʻpgina hollarda gʻoʻza maydonlarida 25-30% koʻsak ochilganda terimga tushish oqibatida, toʻliq yetilmagan, yaxshi ochilmagan koʻsaklar paxtasi terilib, paxta hosili salmogʻi va sifatining pasayishiga olib keladi.

    Paxta hosilini sifatli terib olishda eng avvalo dalani tanlash va tayyorlash lozim. Gʻoʻza dalalarini paxta hosilini terib olishga tanlashda birinchi navbatda ekish muddatlariga eʼtibor qaratish lozim. Gʻoʻzada oʻrtacha 40-50% koʻsaklar ochilgan maydonlar aniqlanib, sifatli defoliatsiya oʻtkazilishi kerak. Defoliatsiyadan 10-12 kun oʻtgach dala paxta terimiga tayyorlanadi. Buning uchun har bir dalaga texnika kirish yoʻllari tayyorlanadi. Sugʻorish ariqlari koʻmilishi, dala atrofi va ichidan olingan chellar, oʻqariqlar tekislanishi kerak.  Har bir fermer xoʻjaligining umumiy yer maydonini inobatga olib, 30-50 gektarga bitta paxtani quritish maydonchasi tayyorlab qoʻyiladi. Dala atrofidagi aylanma maydonidagi paxtalar oʻrib olinib, tirkamalar yurishi uchun qulaylik yaratish lozim. Paxta yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuqori darajadagi tashkilotchilikni talab etadi. Buning uchun esa har bir gektarga talab etiladigan terimchilar sonini toʻgʻri belgilash lozim. Joylarda ushbu tadbirga yuzaki qaralishi oqibatida katta (10-20 gektarlik) maydonlarda 5-6 kishi paxta terimga tushirilish holatlari kuzatiladi. Vaholanki paxta, maydonining har bir konturidagi hosil dalaning katta-kichikligidan qatiy nazar 2-3 kunda terib olinishi shart. 

    Paxta hosilini sifatli terib olishda terimlar orasidagi muddat katta ahamiyatga ega. Birinchi terim bilan ikkinchi terim orasi 15-20 kunni, ikkinchi terim bilan uchinchi terim orasi 10-15 kunni tashkil etishi shart. Aks holda paxta xomashyosi toʻliq pishib yetilmay terib olinib, salmogʻi kamayib, sifatining pasayishiga olib keladi. Paxtani terib olishda oʻlchovlar soni va muddatini toʻgʻri belgilash muhimdir. Eng yaxshi usul har 2 soatda bir oʻlchov oʻtkazish usuli boʻlib, bunda kuniga 5-6-marta oʻlchov oʻtkaziladi.

Ma'lumot Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish
grotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tpomonidan tayyorlangan.

Menu