description

"1 Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar Navoiy  viloyatining "XinLuZao-52" paxta navi ekilgan maydonlarida bo'lishdi

    Avval xabar berib berganimizdek, "1-Agrobereke" MCHJning xitoylik mutaxassislari janob Hu va janob Jang Andijon viloyati Agroxizmatlar markazi Xoʻjaobod tumani agromaslaxatchisi Begijon Saydaliyev bilan bigalikda respublika viloyatlari bo'ylab Xitoy navi ekilgan paxta maydonlarida monitoring ishlarini olib borib, klaster va fermer xo'jaliklari raxbarlariga maslahatlar berishmoqda. Ular tashrif buyurgan navbatdagi hudud Navoiy viloyati bo'ldi. Bu yerda "Xin Lu Zhong-52" navi ekilgan maydonlarda Navoiy viloyati Agroxizmatlar markazi raxbari boshchiligida Xatirchi hamda Qiziltepa tumanlarida dala seminari tashkil etildi. 

    Mutaxassislar g‘o‘zaning o‘sish jarayonini ko‘zdan kechirib, kerakli maslahatlar berishdi va yig‘ilganlarning savollariga javob berishdi. Xususan, hududlarda zararkunandalarga qarshi tadbirlar to'liq bajarilgani va hosil elementlari koʻpligi ijobiy baholandi. Shu o'rinda, chilpish ishlari vaqtida amalga oshirilmagani va ekishda ko‘chatlar sonining meyoriga amal qilinmagani tanqid qilindi. Mutaxassislar zudlik bilan chilpish ishlarini amalga oshirib, Sojean qoʻllanishi kerakligini ta'kidlashdi.

Menu