description

Agrar soha rivoji xorijiy investitsion loyihalar va hududlardagi rahbarlarning ishni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq

 

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Jizzax viloyatida bo'ldi. Tashrifning ilk hududi boyicha, Sharof Rashidov tumaniUchtepaSIU hududidagi Otamurod ota fermer xojalagi dala maydonidagi gozalarning  vegetativ holatini kozdan kechirildi. Fermer xo‘jaligining 189 gektarlik dala maydoniga g‘o‘zaning mahalliy S-8290 navi ekilgan. O‘z vaqtida sifatli olib borilgan agrotexnik tadbirlar natijasida g‘o‘zalar yaxshi rivojlangan.

Vazir oz navbatida, gozalarning holati va ularning gullash fazasiga e'tibor qaratar ekan, kosak qurtiga qarshi ishlov berishning ahamiyati, tomchilatib sugorish, shuningdek, gozani 76 sxemada qoshqator qilib ekish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish borasida takliflar berib otdi.

Keyingi manzil Sharof Rashidov tumaniShirinfermer xojaligi dala maydoni boldi. 34,1 gektar yer maydonini egallagan hududda gozaning mahalliyRavnaq-1” vaRavnaq-2” navlari yetishtirilmoqda. Gozaning vegetativ holatini kozdan kechirgan vazir, shu kungacha korsatilgan agrotexnik tadbirlar jarayoni va xojalik mehnat jamoasining kelgusi harakatlar rejasi bilan qiziqdi. Fermer xojaligi rahbarining malum qilishicha, dalaga ekilgan goza navlarini yetishtirishda mulchalash, somon toshash, plyonka ostiga ekish hamda tomchilatib sugorish kabi agrotexnologiyalardan foydalanilib, ushbu usullarning samaradorligi bir-biriga taqqoslab organilmoqda. Gozalarning holatini kozdan kechirgan vazir Ibrohim Abdurahmonov agrar sohada izlanishlar olib borish, tajriba toplash yaxshi amaliyot ekanligi, lekin bu kabi amaliyotlar hosilni yoqotish hisobiga qilinmasligi lozimligini takidlar ekan, gozaning vegetativ holatini yaxshilash va hosildorlikni oshirish boyicha oz tavsiyalarini berdi.

Mutaxassislarning fikricha, tomchilatib sugorish tizimi va plyonka ostiga ekish ishchi kuchi va begona otlarga qollaniladigan gerbitsid uchun sarflanadigan mablagni tejashga imkon yaratmoqda. Dalada g‘o‘za nihollari 76 ga 5 sxemada ekilgan bo‘lib,  hisoblab chiqilganda gektariga 150 ming atrofida ko‘chatni tashkil etadi. Hosildorlik ham shunga yarasha 55-60 sentner bo‘lishi kutilmoqda.

Darhaqiqat dalada omilkorlik va ilmiy yondashuv asosida ishning tashkil etilmagani yaqqol sezilib turibdi. Shu bois nafaqat fermer xo‘jaligi rahbariga, balki tuman va viloyat mutasaddilariga g‘o‘za maydonlarida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Vazir navbatdagi lokatsiya bo‘yicha Sharof Rashidov tumani “Mingbuloq” SIU dala maydonida bo‘ldi. 23,6 gektar maydonni egallagan hududda Xitoyning “Xin Lu Zhoang-52” navi yakka qator 90 sxemada yomg‘irlatib sug‘orish tizimi asosida ekilgan. Yomg‘irlatib sug‘orish tizimining ahamiyati shundaki, ekinlarni parvarishlashda suvni imkon boricha tabiiy yomg‘irlatish tarzida suv yetkazib beradigan usulidir. Bu orqali, tuproq namligini boshqarish, o‘simliklarni kerakli miqdorda va o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash imkonini beradi, bu ularning sog‘lom o‘sishi hamda rivojlanishiga yordam beradi. Yana bir ahamiyati shundaki, bir sutkada 10 gektar hududni sug‘orish imkonini beradi. Bu yerda vazir dastlab xorijdan keltirib ekilgan g‘o‘zaning vegetativ holatini ko‘zdan kechirar ekan, shu kungacha ko‘rsatilgan agrotexnik tadbirlar jarayoni va xo‘jalik mehnat jamoasining kelgusi harakatlar rejasi bilan qiziqdi. Bu yerdagi olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada emas. Sababi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagan, chigit ekish texnologiyalariga ham amal qilinmagan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish ham aytarli darajada emas. Vazirning e’tiroziga sabab bo‘lgan jihat ham ayni shu. Vazir ayni jihatlarga e’tibor qaratar ekan, bu yerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, xorijiy navni yakka holda ekish orqali hosilning kechikishiga olib kelishi, shu sababli 76 sxemada tomchilatib sug‘orish asosida plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish, shuningdek, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi. Maqsad bitta – integratsiyalashuv asosida fermerlar malakasini oshirish va bu orqali xorijiy g‘o‘za navlari ekilishidan tortib, to hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonni to‘laqonli anglab yetishdan iborat. Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.

Menu