description

Dala madaniyati – fermer daromadi

    Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo’lib, unga muvofiq respublikadagi fermer xo‘jaliklari dala chetlaridagi yer maydonlarini o‘zlashtirish, ularda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularning ishonchli xaridini tashkil qilish ishlarini tizimlashtirish, ushbu tizimga alohida mas’ul tashkilotni biriktirish hamda dala cheti yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari hududlarda qaror ijrosining bajarilishini nazoratga olgan. Bugun Bo’ka tumani "Azizov Mirjalol" fermer xo’jaligining maydonlarida dala madaniyatiga qay darajada rioya etilayotganlik darajasi ko’zdan kechirildi. 

    Xo’jalikning 4 gektar maydoniga "Xin LuZhoang-52" Xitoy navi chigiti ekilgan. Paxtaning umumiy holati yaxshi, sugʻorilgan, kultivatsiya qilingan, dala chetlariga uzum, oshqovoq, piyoz va pomidor ekilgan.Mutaxassislar tomonidan ixota qilish uchun dala chetlariga makkajo’xori ekish tavsiya qilindi.

Menu