description

“Dolzarb 40 kunlik”: g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashni kuchaytiramiz

        Respublika g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirilishini tashkil qilish, shuningdek, ushbu tadbirlar bo‘yicha nazoratni o‘rnatish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida 2-iyulidan 10-avgustga qadar “Dolzarb 40 kunlik” deb e’lon qilindi. G‘o‘za maydonlarida uchraydigan shira, trips, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, qandala va boshqa kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari agroklasterlar, fermer-dehqon xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlarida olib boriladi. 

        Hududlardagi tuman hokimliklari bilan birgalikda g‘o‘za maydonlarida uchraydigan zararli organizmlarning paydo bo‘lishi, ko‘payishi va tarqalishiga qarshi samarali kurash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, g‘o‘za maydonlarida monitoring va fitosanitar dala nazorati hamda fermerlar daftari yuritilishi tashkil etilishini alohida nazoratga olinadi.

🟢Qarshi kurash tadbirlarini olib borishda g‘o‘za maydonlarining har ikki gektarida 1 donadan feromon tutqich o‘rnatiladi.

🦗Zararkunandalarning kuchli tarqalish o‘choqlarini doimiy nazoratini olib borish hamda iqtisodiy zarar miqdor mezoni (IZMM) dan oshganda kimyoviy qarshi kurash ishlari o‘tkazilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.

🍑Iqtisodiy zarar yetkazadigan zararkunandalar aniqlanganda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga xabarnoma yuborilishi va fitosanitar talablar o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi belgilanmoqda.

Maqola O’simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari tomonidan atyyorlangan.

Menu