description

✅Joriy yil 11-iyun kuni Paxtachilik kengashidan iborat ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarning borishi, g‘o‘zaning rivojlanish fazalarini o‘rganish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.

🟢Vloyatda 2026-yil hosili uchun 129,3 ming gektar maydonda paxta ekilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va klsaterlar tomonidan ilg‘or innovatsion agrotexnologiyalar asosida g‘o‘za parvarishlanmoqda.

➡️Aksariyat paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, jumladan, “Shinjon” texnologiyasi asosida plyonka ositga tomchilatib sug‘orish joriy qilingan qo‘shqator usulda ekilgan paxta maydonlari ijobiy samara ko‘rsatmoqda. Biroq ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida ilmiy asoslangan tavsiyalarni qo‘llashda o‘zboshimchalik bilan noto‘g‘ri tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga g‘o‘za rivojlanish fazalaridan ortda qolayotgani ham kuzatilmoqda.


🔰Jumladan, Mirishkor tumani Mirishkor hududidagi “Mirishkor mo‘jizasi” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 gektar maydonda g‘o‘zaning xorijiy “Xin Lu Zao 72” navi ekilgan bo‘lib, ushbu maydonda argotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli g‘o‘zaning rivojlanishi juda qoniqarsiz ekanligi aniqlandi.

✅Paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abduraxmonov tomonidan Paxtachilik kengashining viloyat ishchi guruhi a’zolari ushbu hududga biriktirilib, vegetatsiya davrida g‘o‘zaning oziqlanishini to‘g‘ri tashkil etish, mineral va organik o‘g‘itlardan ilmiy asosda foydalanish, sug‘orish rejimini aniq belgilash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Menyu