description

Namangan viloyati tumanlarida xorijiy chigit navi ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda

 

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-391-sonli qorori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda jami 6103 gektar maydonlariga “Tianye Plastik” MCHJ kompaniyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan jami 111,5 tonna gʻoʻzaning “XinLuZao-78” xorijiy navi olib kelinib, sinov tariqasida ekildi.

    Bugungi kunda viloyatda xorijiy chigit ekilgan 6 ming 103 gektar maydonlar toʻliq undirib olinib, rivojlanish fazalari boʻyicha tahlil qilinganda 3-4 chinbarg 273 gektar, 5-6 chinbarg 3 ming 781 gektar va shonalash 2 ming 48 gektarni tashkil qilmoqda. Viloyatda xorijiy chigit ekilgan maydonlarning qator oralariga ishlov berish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 472 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungacha 17 ming 576 gektarda yoki 2,8-marta kultivatsiya ishlari amalga oshirildi.

    Shuningdek, viloyatda yaganalash ishlari 6 ming 103 gektar yoki 100 foiz maydonda, chopiq qilish ishlari 15 ming 867 gektar yoki 206 foiz maydonda, bargidan oziqlantirish 12 ming 985 gektar yoki 213 foiz, chuqur yumshatish ishlari 6 ming 565 gektar yoki 108 foiz maydonda, 1-oziqlantirish ishlari 6103 gektar yoki 100 foiz maydonlarda amalga oshirildi.
Batafsil foto lavhalar:

https://www.instagram.com/p/C7v7NiAtdSC/?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=MzRlODBiNWFlZA==

Menu