



2026-yilning 2-iyun kuni Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining Viloyat ishchi guruhi hamda PSUYA ITI ning mutaxassislari bilan Narpay tumani Oq oltin hududi Yunusbek, Hosil mehanizator, Hamro Berdiqulov, Tohir ota, Mamat, Yangi saroy, Oq oltin, Yangi tong fermer xo’jaliklarida paxta dala maydonlarida parvarishlanayotgan g‘o‘za maydonlarida o‘simliklar holati, ularni parvarishlashda qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlar hamda hosildorlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar o‘rganilib, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish, kultivatsiya, oziqlantirish, chuqur yumshatish, begona o'tlardan tozalash, sugʻorish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, zararkunandalarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
G’o’za maydonlarida ortiqcha namlikni kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, shuningdek g’o’zaning o’sishi hamda rivojlanishini boshqaruvchi biostimulyatorlar bilan ilm bilan yondashuv bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.