description

Qashqadaryo viloyatida dala seminarlari tashkil etildi

 

Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Qarshi tumanlarida gʻoʻza rivojini jadallashtirishda oʻtkazilishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlar boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vaziri I.Abdurahmonov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida dala seminarlari tashkil etildi. Gʻuzor tumanining Oxunboboyev hududidagi “Fayzullo Olimjon Baxtiyorovich”, M.Rahmonov hududidagi “Hazrati Luqmon ota” va Qarshi tumani Choʻliota hududidagi “Maydonov Umidjon” fermer xoʻjaliklarida dala seminarlari tashkil etildi. Seminarda Qashqadaryo viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Sh.Sarmanov boshchiligida soha mutaxassislari, Paxtachilik kengashi aʼzolari hamda sohaga aloqador tashkilot hamda idoralarning rahbar va hodimlari qatnashdi.

Seminarda rivoji ortda qolgan gʻoʻza dalalari parvarishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar qayd etilib, ushbu kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishda ilmiy tavsiyalarga asoslangan holda ishlarni tizimli tashkil etish boʻyicha mutassadilarga koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, tuman rahbar va mutaxassislariga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etib borish vazifasi yuklatildi. Bundan tashqari, gʻoʻzaning vegetatsiya davrida agrotexnik tadbirlarni sifatli va vaqtida amalga oshirish, sugʻorish ishlarini tezkor va sifatli tashkil etilishi kerakligi ta'kidlanlanib, uni tumanning 4 ta sektor rahbarlari alohida nazoratga olishi aytib oʻtildi hamda kelgusida oʻtkazilishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

Menu