description

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligi va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligi va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Vazir tashrifiga Qishloq xojaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, Paxtachilik kengashi kotibi Shuhrat Otajonov ham hamrohlik qildi. Dastlabki manzil Beruniy tumanida joylashgan "Beruniy cluster" MChJga qarashli paxta tozalash zavodida mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini kozdan kechirildi. Vazir boshchiligidagi ishchi guruh paxtachilik sohasi mutasaddilari yigishtirib olingan paxta xomashyosini bu yerda qabul qilish jarayonlarining barcha bosqichlari bilan tanishishdi. Birinchi bosqichda shu kungacha yig‘ishtirib olingan paxta xomashyosining tozalik va namlik darajasini laboratoriyada tahlil qilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Keyin esa, paxtani qabul qilishda PK-17 formalarning to‘ldirilishi, elektron tarozi va dasturiy vositalarning ishlash holati, soliq organlari va vazirlikning elektron platformasiga integratsiya qilinganligi ko‘rib chiqildi. Vazir mazkur jarayonda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tar ekan, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi paxtachilik fermer xo‘jaliklarining paxta xomashyosini ularning xohishiga ko‘ra vaqtinchalik saqlashga olish, bu bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga shartnoma bandlari va aniq hisob-kitoblarni qilib berish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Navbatdagi hudud Beruniy tumanida joylashgan "Shohrux Temur" fermer xojaligida boldi. 21 gektar maydonni egallagan hududda Xitoyning "Xuang Min" paxta navi 90 sxemada ekilgan bolib, agrotexnik tadbirlarning oz vaqtida amalga oshirilgani oz natijasini korsatgan. Vazir mazkur dala maydonini kozdan kechirar ekan, hosilni zudlik bilan uruglikka terib olish, shundan song defoliatsiya jarayonini otkazish orqali hosilning pishib etilishiga zamin yaratish zarurligi, shundagina kutilgan natijaga erishish mumkinligi takidlandi. Binobarin, 76 sxemada tomchilatib sugorish asosida plyonka ostiga qoshqator qilib ekish orqali hosildorlikni bu yilgiga nisbatan karrasiga oshirish, shuningdek, ilmiy yondashuv asosida ilgor va zamonaviy qishloq xojaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, ularning aprobatsiyasini togri va oz muddatida otkazish borasida oz takliflarini berib otdi. Shundan so‘ng, mazkur dala maydonining yondosh hududida mahalliy "Sulton" navi ekilgan paxta dala maydoni ko‘zdan kechirildi. Vazir mazkur dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, o‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar va vegetatsiya jarayonidagi nazorat qilingani o‘z natijasini ko‘rsatganini e’tirof etdi. Binobarin, zudlik bilan defoliatsiya jarayonini o‘tkazish orqali hosilni pishib etilishiga zamin yaratish zarurligi, shundagina kutilgan natijaga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Tashrifning navbatdagi manzili Nukus tumanida joylashgan "Nukus agro" MChJ bo‘ldi. Ushbu korxonaga qarashli 20 gektarlik keng dala maydonida g‘o‘zaning Xitoydan keltirilgan "Xin LuZhoang-52" navi an’anaviy usulda keng qator qilib ekilgan. Yerga qadalgan ko‘chatlar soni esa, 90 mingtani tashkil etadi. Hozirda ko‘saklarning uchdan biri ochilgan. Aytish mumkin, yetishtirilayotgan g‘o‘zaning har bir tupida 15-20 donadan ko‘sak mavjud. Shundan 7-8 tasi sifatli tarzda ochilgan. Bu esa, hosildorlikning yaxshi ekanligi, parvarishlashga doir amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri tashkil etilayotganligidan darak beradi. Fermerning fikriga ko‘ra mazkur dala maydonidan 50 sentnergacha hosil olish imkoni mavjud. Vazir ushbu hududni ko‘zdan kechirarkan, bu kabi istiqbolli navlarni ekish va sinash amaliyotini yanada jadallashtirish borasida ko‘rsatmalarini berib o‘tdi. Shuningdek, g‘o‘za ekinlarini kuchli ta’sir etuvchi defoliantlar yordamida defoliatsiya qilish taklifi berildi. Bu esa, hosildorlikni yanada oshirishga, ochilmagan ko‘saklarni sifatli rivojlanishiga yordam berishi ta’kidlab o‘tildi.

Vazirning navbatdagi manzili Kegeyli tumanidagi “Kegeyli Chimboy agroklaster” MChJ bo‘ldi. Bu yerda vazir MChJ tomonidan tindirilgan chigit ekilgan maydonlarda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. “Kegeyli Chimboy agroklaster” MChJga qarashli 42 gektarni tashkil etgan ushbu maydonga paxtaning "S-8290" navi ekilgan. Eng e’tiborlisi, har bir gektar bir oilaga bo‘lib berilgan. Bundan tashqari 3 nafar suvchi ham bo‘lib, umumiy 45 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Bu o‘z navbatida aholini kambag‘allikdan chiqarishda eng katta asoslardan biri sifatida xizmat qiladi. Vazir paxta dalasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, eskicha ekish uslubidan, ya’ni 90 sxemada ekishdan voz kechib, baraka urug‘larini plyonka ostida, qo‘shqator qilib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llagan holda 76 sxemada ekishning vaqti kelganligini aytib o‘tdi. Bu orqali hosildorlikni karrasiga oshira olamiz, albatta. I.Abdurahmonov misol tariqasida mamlakatimizning turli hududlarida fermerlar ushbu tajribadan foydalanayotganligini alohida ta’kidlab o‘tib, hosildorlik 80-90 sentnerni tashkil etayotganini misol tariqasida keltirdi.

Keying manzil Qorao‘zak tumanidagi "Qoraqalpog‘iston agroklaster" MChJga qarashli "Qorao‘zek tekstil" fabrikasi bo‘ldi. Mazkur fabrika tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, turli ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turuvchi yoshlar hamda xotin-qizlarni bandligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Shu jumladan, qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish orqali chekka hududlardagi aholi bandligini ta’minlash borasida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur fabrika xodimlariga ham qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular dastlab o‘qitilib, so‘ngra fabrikaning o‘ziga ishga yo‘naltirilmoqda. Ayni ushbu korxona ishga tushishi bilan 400 ga yaqin xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Ularga bu yerda o‘qish, ovqatlanish bepul tarzda amalga oshiriladi. Fabrikada asosan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlar ham ichki bozorga, ham tashqi bozorga yo‘naltirilgan. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yerdagi ish jarayoni bilan tanishar ekan, bu kabi fabrikalarni chekka-chekka hududlarda tashkil etish orqali aholi bandligi ta’minlanishini, bundan tashqari ichki bozorda trikotaj mahsulotlarining narx balansi yuzaga kelishini ma’lum qildi

Menu