description

        "XinLuZao-52" paxta navi ekilgan maydonlar xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va
Zhang Honglar tomonidan monitoring qilindi

        Qishloq xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abdurahmonov topshirigʻiga asosan respublika boʻyicha Xitoy davlatidan keltirib ekilgan "XinLuZao-52" paxta maydonlari monitoring qilinmoqda.  Shu bois, bugun Quyi Chirchiq tumanida xitoylik olimlar ishtirokida dala seminari tashkil etildi. Seminar "TCT AGRO CLUSTER"ning 29,18 gektar maydoniga "XinLuZao-52" elita navi ekilgan hududda boʻlib oʻtdi. Dala seminarida Paxtachilik kengashining Toshkent viloyati ishchi guruhi rahbari va aʼzolari, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazining hududiy mutaxassislari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
        Seminarda "1 Agrobereke" MCHJ tomonidan taklif etilgan xitoylik mutaxassislar janob Hu Yingguang va
Zhang Honglar ishtirok etib, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarga kerakli tavsiyalarni berishdi. Xorijiy mutaxassislarning taʼkidlashicha, maydonda oʻgʻitlash ishlari yetarli darajada amalga oshirilmagan. Shuningdek, tomchilatib sugʻorishga oʻtish kerakligi, bu suv sarfi va mehnat hajmini kamaytirishi taʼkidlandi. "Tomchilatib sug'orishga o'tishning ustunliklari ko'p. Hususan, suv sarfi kamayadi va azotli o'g'itni suvga aralashtirib berish imkoni bo'ladi bu anchayin samarador usul. Agrotexnik tadbirlar paxta parvarishida juda katta ahamiyatga ega. Agar agrotexnik tadbirlar toʻgʻri va toʻliq bajarilsa albatta koʻzlangan natijaga erishiladi - deydi janob Hu Yingguang.

        Seminar savol-javob va muhokamalarga boy bo'ldi. Mutaxassislar o'zaro fikr va tajriba almashib, gʻoʻza parvarishida ahamiyat qaratilishi lozim boʻlgan masalalarni muhokama qildilar.

        Keyingi manzil Oqqo‘rg‘on tumani Guliston hududidagi tuman zaxirasidagi ''Abror Anzur'' xususiy korxonasiga ijara asosida biriktirilgan 20 gektarli g‘o‘za maydoni bo'ldi. Bu hududga ham XinLuZao-52 navi ekilgan. Mutaxassislar maydonda o'g'itlash ishlari yetarli darajada bajarilmagani bois paxta o'sishi na'munali holatda emasligini ta'kidlashdi. Endilikda faqatgina bargidan oziqlantirish orqali jarayonni faollashtirish mumkinligi qayd etildi. 

        Tumanning Qahramon hududidagi  ''JAVLON''  fermer xo‘jaligining 8 gektarli maydonida ham XinLuZao-52 navli g‘o‘za parvarishlanmoqda. Bu yerda mutaxassislar fermer xo'jaligi rahbari bilan suhbatda paxta parvarishida zarur bo'lgan ko'rsatmalarni berdi.

Menu