description

Xitoydan keltirilgan chigitlarning ustunliklari

    Ma’lumki, davlat rahbari tashabbusi bilan bu yildan boshlab xorijiy urug‘lik chigit navlari olib kelinib, respublikaning 10% paxta maydonlariga ekish yo‘lga qo‘yilgan.

"TIANYE PLASTIK" kompaniyasi respublikaga 780 tonna Xitoy chigiti olib kirib, qator viloyatlarga tarqatdi.

Xitoydan keltirilgan chigitlarning xususiyatini ikkiga bo‘lish mumkin:

birinchisi, kasallika qarshi emlangan navlar, ya’ni urug‘lik chigit tayyorlanayotgan paytda ko‘sak qurtiga qarshi dorilanadi;

ikkinchisi, begona o‘tlarga qarshi sepilgan har qanday dori paxtaga ta’sir qilmaydigan yangi nav.

Buning o‘ziga xos tarafi shundaki, paxta maydonlarida g‘o‘zaning bo‘yi 20 sm bo‘lganda dalani begona o‘t bosib ketadi. Begona o‘tlarga qarshi kurashish esa ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi.

    Yuqorida ta’kidlangan navga esa begona o‘tga qarshi har qanday dori sepilganda (hatto Glifosat dorisi) zarar yetmaydi. Natija ham ijobiy!

Menu