description

Xorijiy navlarni yetishtirishda ilmiy va natijaga asoslangan usullarni qo‘llash hosil ko‘rsatgichiga ijobiy ta’sir etadi

    Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘plab yangi agro loyihalar, xorijiy g‘o‘za navlarni yetishtirish, ularning ko‘lamini kengaytirish va sifatli hosil olish, shuningdek, kuzgi mavsumga oid agrotexnik tadbirlarni tashkil etish oshirish borasida keng ko‘lamli amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Ayni shu jarayonlarni yaqindan o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Koson tumanidagi "Qashqadaryo Jingu" MChJ tegishli paxtaning xorijiy “chzhuntai-2” navi ekilgan 1500 gektarlik paxta dalasini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga ko‘ra, qo‘shqator qilib, 76 sxemada yetishtirilayotgan ushbu g‘o‘za navlaridan kutilayotgan umumiy hosildorlik kutilganidek ko‘rsatgichga yetganini ko‘rish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, paxta hosili gektariga 60 sentnerni tashkil etmoqda. Hozirda terim jarayonlariga oid amaliy harakatlar olib borilmoqda. 

    Vazir paxta dalasi va terim jarayonlarini ko‘zdan kechirar ekan, umumiy sa’y-harakatlar hamda paxta hosiliga oid ko‘rsatgichni qoniqarli deya baholadi. Shuningdek, sifatli yondashuv, to‘g‘ri agrotexnik tadbirlarni tashkil etish qanday natijalar berishi borasida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, kelgusi mavsumda zararkunandalarga qarshi kurashishda ehtiyotkorlikni oshirish, chigit ekishda har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy tajribalarga asoslangan usullarni qo‘llash va olimlar bilan o‘zaro kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish borasida o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi. Vazir shuningdek, mazkur MChJ ga qarashli hosili terib olingan yondosh dalada amalga oshirilayotgan suv tejovchi texnologiya, ya’ni tomchilatib sug‘orish shlanglarini yig‘ib olish jarayonlarini ham ko‘zdan kechirib, ishni sifatli amalga oshirishga doir o‘zining qo‘shimcha tavsiya va ko‘rsatmalarini bildirdi.

 

 

Menu