description

    Xorijdan import qilingan gʻoʻza navlari ekilgan maydonlarni muntazam monitoring qiluvchi situation markaz - Agroinnovatsiyalar va trening markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Markaz Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida tashkil etildi.

    Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli qarorida respublika boʻylab paxta-toʻqimachilik kalsterlari va fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi paxta maydonlarning 10 foiz qismiga xorijdan keltirilgan yuqori hosildor navlarni ekish toʻpshirigʻi berilgan. Ushbu qarorning ijrosi oʻlaroq, xorijiy navlar ekilgan maydonlarning kunlik monitoringini olib borish maqsadida har bir viloyatga 40 nafardan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi masʼullar biriktirilgan edi. Agroinnovatsiyalar va trening markazini tashkil etishdan maqsad ushbu jarayonlarni doimiy muvofiqlashtirib borish, klaster va fermer xoʻjaliklari agronomlarini oʻqitish va qayta tayyorlashni tashkil etishdan iborat. Shuningdek, markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilishi paxtachilik sohasini modernizatsiya qilish, tola sifati va hosildorligini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Menu