🌱 Mahalliy seleksiya yutug‘i: ko‘sak qurti va glifosatga chidamli "Ravnaq-1 Bt” yangi g’o’za navi yaratildi
✅O‘zbekiston olimlari paxtachilikda yana bir muhim ilmiy yutuqqa erishdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan mahalliy "Ravnaq-1" g‘o‘za naviga ko‘sak qurtiga chidamlilikni oshiruvchi Bt geni kiritilib, yangi Bt-genli g‘o‘za navi yaratildi.
🟢Uch yil davom etgan ilmiy tadqiqotlar va laboratoriya sinovlaridan so‘ng ushbu nav joriy yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi "Sanjarbek Jo‘rayev" fermer xo‘jaligining 4 gektar maydonida ochiq dala sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mazkur ishlanma g‘o‘za hosilini zararkunandalardan himoya qilish samaradorligini oshirish, pestitsidlar qo‘llanilishini kamaytirish hamda mahalliy seleksiya salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
➡️ Eng muhimi, Bt-genli g‘o‘za navlarining mahalliy sharoitda yaratilishi kelgusida xorijdan g‘o‘za urug‘larini import qilish hajmini qisqartirish, ichki ehtiyojni milliy seleksiya mahsulotlari hisobidan ta’minlash va mamlakatning urug‘chilik sohasida mustaqilligini yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi