Kо‘sak qurti va begona o't yillar davomida fermerlar hosiliga jiddiy zarar yetkazib kelgan muammo. Bugun esa ilm-fan ularga qarshi zamonaviy yechim taklif etmoqda — Bt hamda Gt genli g‘o‘za. Ushbu texnologiya g‘o‘zaga zararli hasharotlarga qarshi tabiiy himoya beradi, hosildorlikni oshiradi va dori-darmon sarfini sezilarli kamaytiradi. Natijada dalada mehnat tejaladi, hosil esa barqaror va serunum bo‘ladi. Bu — sehr emas, balki ilm va tajribaning samarasidir.