

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Bukhara Garden Agroklaster” MCHJ paxta dalasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida paxtachilikda yuqori hosildorlikni ta’minlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etishga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
📍Seminarda Qishloq xo‘jaligi vaziriga Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamrohlik qilmoqda. Tadbirda Vobkent, Kogon, Qorovulbozor, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari fermerlari, agronomlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
📚Seminar davomida "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni" asosida g‘o‘za parvarishining bugungi bosqichida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, sug‘orish va oziqlantirish tizimini samarali tashkil etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashish, hosildorlikni oshirishning ilmiy asoslari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.
🗣Mutaxassislar tomonidan har bir dala sharoitidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish, suv va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, g‘o‘zaning rivojlanish bosqichlariga mos agrotexnik ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilmoqda.
🤫Shuningdek, seminar doirasida ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
ℹ️Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dala ishlarini ilmiy tavsiyalar asosida, agrotexnik muddatlarga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etish, suv va oziqa resurslaridan samarali foydalanish hamda har bir maydonda hosildorlik zaxiralarini to‘liq ishga solish bugungi mavsumning ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi.
✅Seminar yakunida fermerlar va soha mutaxassislari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan tavsiyalar va amaliy yechimlar berildi.