description


Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Guliston MMTP hududidagi “Xumo” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi.

🧪 Dalada Etefonni 1 va 2 litr miqdorida qo‘llashning g‘o‘za rivoji va hosilga ta’siri bevosita amaliy misollar asosida namoyish etildi.

🔬Buning uchun dalaning o‘zidan namunalar olinib, har ikki me’yor qo‘llangan maydonlardagi o‘simliklar o‘zaro taqqoslandi. Xususan, poyadagi shakar miqdori, ko‘saklarning holati va paxta hosilining salmog‘i bo‘yicha ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.

📊 Amaliy namunalarda Etefonni qo‘llash me’yori hosilning shakllanishi va yakuniy vazniga bevosita ta’sir qilishi ko‘rsatib berildi. Preparatni belgilangan me’yorda qo‘llash natijasida o‘simlikdagi jarayonlarni to‘g‘ri boshqarish va hosil salmog‘ini oshirish imkoniyatlari tushuntirildi.

🗣Vazir Ibrohim Abdurahmonov Etefondan foydalanishda preparat miqdorini shunchaki oshirish emas, balki ilmiy asoslangan me’yor, to‘g‘ri muddat va dala sharoitini hisobga olish muhimligini ta’kidladi.

✅Natija dalada ko‘rinadi. Shu bois Etefon qo‘llashda har bir litrning ta’siri ham, hosilga qo‘shadigan hissasi ham amaliy jihatdan baholanmoqda.

Menyu