

Buxoro viloyati Jondor tumanida Etefon sepilib, 12 kundan keyin Augron bilan defoliatsiya qilingan dala.
ℹ️Bugun, 12-avgust holatiga ko‘ra, daladagi paxtaning 95 foizi ochilgan. 9 ta ko‘sakdagi paxta 47 grammni tashkil etib, o‘rtacha bir ko‘sakka 5,2 gramm paxta xomashyosi to‘g‘ri kelmoqda. Desikatsiyadan so‘ng bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda.
🗣Agar sentabr oyining o‘rtalarida 220 ming tup ko‘chatli daladan o‘rtacha 4 grammli ko‘sak terilsa, kamida gektaridan 88–90 sentner hosil olish imkoniyati mavjud. Ko‘sak og‘irligi 5 gramm bo‘lsa, hosildorlik 110 sentnergacha yetishi mumkin.
Ma’lumot uchun: agar bitta ko‘sakdagi paxta og‘irligi atigi 1 grammga oshsa, bu 2 million dona ko‘sak hisobida qo‘shimcha 20 sentner hosil demakdir.
✅Bu esa kamida 16 million so‘mgacha (20 × 8000 so‘m) sof iqtisodiy daromad keltirishi mumkin, ya’ni gektariga 332 ming so‘m Etefon uchun sarflangan mablag‘ni 50 barobardan ziyod qaytarib olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.