📍Farg‘ona tumanida Shinjon usulida g‘o‘za qator oralig‘iga hamkor ekin sifatida ekilgan Hindistondan keltirilgan ziraning rivojlanish holati ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 5 gektar maydonda tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan ushbu ekin maydonida 2026-yil 30-may holatiga ko‘ra o‘simliklar 70–80 foiz gullash fazasiga kirgan bo‘lib, ularning vegetativ rivojlanishi yaxshi holatda kuzatilmoqda.
✅Mutaxassislar tomonidan maydonda agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda. Xususan, zirani birinchi va ikkinchi oziqlantirish ishlari to‘liq bajarilgan bo‘lib, bu ekinning sog‘lom o‘sishi va yuqori hosildorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Tajriba-sinov natijalari kelgusida g‘o‘za maydonlaridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha muhim amaliy ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.