description

Xorijiy “XiniuZAO -78” navining oʻsish jarayoni koʻzdan kechirildi   

     
        Buxoro viloyati Olot tumani “Olot Cotton Cluster” MCHJ da 930 gektar yer maydonida, shundan 730 gektar ochiqlikda, 200 gektar plyonka ostiga chigit ekib, parvarish qilinmoqda. Hududning 500 gektariga Xitoydan keltirilgan “XiniuZAO -78” navli chigit ekilgan. Gʻoʻzani oʻsib rivojlanishi yaxshi, biostimulyatorlar orqali suspenziya oʻtkazilmoqda. Viloyat hokimi B.Zaripov boshchiligida paxtachilik kengashi va ishchi guruhi aʼzolari dala maydoniga kelib, navning oʻsishi va rivojlanishini koʻzdan kechirishdi. Mutaxassislar g’o’zaning ayni kunlardagi parvarishida e’tibor qaratilishi muhim bo’lgan jihatlarga to’xtalib, tavsiyalar berishdi.

        Hududda davlat rahbarining yer maydonining har bir qarichidan oqilona va samarali foydalanish orqali dehqonchilik madaniyatini koʻtarish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda qoʻshimcha daromad olish boʻyicha koʻrsatmalariga muvofiq bu yerda dala atroflariga tok va tut koʻchatlari oʻtqazilib, dala madaniyatiga ham eʼtibor qaratilmoqda.

Menu