


G‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ekinning sog‘lom rivojlanishi, hosildorlikning oshishi hamda tola sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishida muhim omil hisoblanadi.
Shu maqsadda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi “Sarvar Quvonov” fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar asosida olib borilmoqda.
☘️Dala maydonlarida g‘o‘za o‘simliklari mikroelementlar, bor kislotasi eritmasi hamda Etefon preparatlari bilan oziqlantirilgan. Mazkur agrotexnik tadbirlar o‘simlikdagi fiziologik jarayonlarning faol kechishi, vegetativ va generativ rivojlanishning muvozanatli ta’minlanishi, shuningdek, gul va ko‘saklarning yaxshi shakllanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
🗣Agrotexnik tadbirlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida joriy mavsumda yuqori hosil olish maqsad qilingan. Ayni paytda esa, dalalardagi ko‘saklar sog‘lom rivojlanmoqda. Muhimi, ushbu yondashuv fermer xo‘jaligining boshqa paxta maydonlarida ham izchil joriy etilmoqda.
✅Ta’kidlash lozimki, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng tatbiq etish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish mo‘l hamda sifatli paxta hosilini yetishtirishning muhim omillaridan biridir.