description

🟢Xorazm viloyatidagi “Zamin oq oltin” fermer xo‘jaligi dalalarida Shinjon usulida ekilgan g‘o‘za qator oralig‘iga interkrop usulida ekilgan zira  ekini  bugungi  kunda  o‘sish  va  rivojlanishning  barqaror  bosqichida  kuzatilmoqda. Tajriba  maydonida zira  o‘simligi iqlim  va tuproq sharoitlariga moslashib, yaxshi unib chiqqan, gullagan hamda vegetatsiya jarayonini me’yoriy davom ettirmoqda. Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan kuzatuvlarga ko‘ra, ushbu agrotexnik yondashuv g‘o‘za bilan birgalikda yer resurslaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha hosildorlikni oshirish hamda fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Menyu