description

2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, Paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abduraxmonov rahbarligidagi ishchi guruhning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Peshku tumanidagi Ibn Sino hududida joylashgan “Buxoro servis agroklaster” MChJga qarashli dala maydoni ko‘zdan kechirildi. Bu yerdagi 14 gektar maydonda Shinjon agrotexnologiyasi asosida olib borilayotgan tajriba-sinov ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Maydonning bir qismida chigit an’anaviy oq plyonka ostiga, boshqa qismida esa ko‘k va yashil rangli plyonkalar ostiga ekilgan. Dastlabki kuzatuvlar turli rangdagi plyonkalar qo‘llangan maydonlarda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi ijobiy natija berayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu kabi tajribalar kelgusida eng samarali agrotexnologiyalarni aniqlash va ularni amaliyotga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, maydonda Buxoro viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan agronomik kuzatuvlar o‘rganildi. Dala boshida mas’ullar va mutaxassislar bilan muloqot davomida g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda yuqori hosil uchun mustahkam zamin yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Menyu